» » MUROJAATLAR QONUNIY YECHIMINI TOPMOQDA
Murojaat yo`llash

2018 yilning 29 iyul kuni Uzun tumanining olis Bobotog‘ hududida joylashgan “Oqmachit” qishlog‘ida viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar hamda 100 dan ziyod idora va tashkilotlar rahbarlari sayyor qabul o‘tkazgani haqida avval xabar bergan edik.


13 ming 800 nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan hududdagi “Oqmachit”, “Tolto‘g‘ay”, “Bobotog‘” va “Yangi obod” mahallalari aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitilgan muloqotlar chog‘ida ko‘pchilik tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Bobotog‘ hududi bilan Tojikiston Respublikasining Rudakiy tumani fuqarolarining o‘zaro borish-kelish munosabatlariga yanada yengillik yaratish maqsadida ushbu hududlarni bog‘lab turuvchi yangi chegara bojxona postini ochish taklifi berilgandi.


Haqiqatdan ham, ushbu ikki hududlarni bog‘lab turuvchi  avtomobil va piyoda o‘tkazish chegara posti 1975-1998 yillarda faoliyat yuritgan. Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalarining chegarasidan oqib o‘tuvchi “Kofirnahang” daryosi ustida “Do‘stlik” osma ko‘prigi mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda ko‘prik taxtalari olib tashlangan va o‘tish joyi beton g‘isht bilan to‘sib qo‘yilgan. Ushbu ko‘prik bilan Ro‘dakiy tumani oralig‘i atigi 2 km ni tashkil etadi, ushbu ko‘prik yopilganligi sababli u yerga borish uchun 100 km ortiq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.


Sayyor qabul chog‘ida aholidan tushgan taklif inobatga olinib, Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlovi bilan Bobotog‘ hududi hamda Tojikiston tomoni o‘rtasidagi “Do‘stlik” ko‘prigi orqali harakatlanuvchi avtomobil va piyoda o‘tkazish chegara postini yaqin kunlarda ochish maqsadida hozirda yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yanada rivojlantirish, fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish bilan bog‘liq zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.




Maqola muallifi:
010719977
0
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK