» » SURXONDARYOLIK FERMERLAR BILAN UCHRASHUV
Murojaat yo`llash

2018 yilning 4-5 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev va Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov Muzrabot, Sherobod, Jarqo‘rg‘on hamda Denov tumanlarida viloyatimizning ilg‘or fermerlari, sektorlar va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Tadbirlarda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, oqsoqollar, hududlardagi sektorlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, fermerlar ishtirok etdi.

Uchrashuvlarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida 31 iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomorqasidan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.


Bu yil viloyatda 3 ming 48 fermer xo‘jaligi 78 ming 500 gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarishlamoqda. Ayni paytda paxtadan mo‘l hosil yetishtirish uchun vohada tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ob-havo me’yoridan issiq kelayotgani bois sharbat usulida tungi sug‘orish, kultivatsiya, g‘o‘zani chilpish va boshqa dala yumushlarini sifatli tashkil etishga etibor qaratilmoqda. Biroq, ayrim hududlarda g‘o‘za parvarishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda, ayrim sektor rahbarlari mas’uliyatni chuqur his etmayotir. G‘o‘za parvarishi uchun zarbdor pallada bu boradagi ishlarni sifatli bajarish hosilga hosil qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuvlarda shular haqida fikr almashilib, galdagi vazifalar belgilab olindi. Tadbirlarda bir guruh fermerlar, hududlardagi fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar rahbarlariga Prezidentimiz nomidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Maqola muallifi:
010719977
0
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK