» » ER YIGITGA EL DUOSI QANOT
Murojaat yo`llash

Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va xolisona hal etishga xizmat qilmoqda. Murojaat etayotgan fuqarolarning ariza va shikoyati belgilangan tartibda xolislik tamoyillari asosida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilayotganidan aholi mamnun. 

Bunda esa, tabiiyki, ushbu qabulxona mudiri vazifasida ishlab kelgan Baxtiyor Jamolovning hissasi katta. 1,5 yildan oshiqroq vaqt mobaynida ushbu vazifada samarali faoliyat ko‘rsatib kelgan B.Jamolov davlatimiz rahbarining tegishli farmoyishiga muvofiq, 2018 yilning 1 avgustidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi mudiri etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan bugun viloyat hokimligida o‘tkazilgan xayrlashuv chog‘ida  B.Jamolovning Prezidentimiz tashabbusi bilan viloyatimizda tashkil etilgan Xalq qabulxonasida aholi bilan bevosita muloqot qilishni samarali yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni sifat jihatidan tubdan yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoyalashdagi xizmatlari e’tirof etildi. Surxondaryo viloyati hokimligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirilib, yurtboshimiz tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashda muvaffaqiyatlar tilandi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK