Shu kunlarda xizmat safari bilan Xitoyning Sichuan provinsiyasida bo‘lib turgan viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Chendu shahridagi Tongwei Solar (TW SOLAR) Co. Ltd kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida quyosh panellari ishlab chiqaruvchi ushbu yirik kompaniyaning qayta tiklanadigan energetika sohasidagi muvaffaqiyatli loyihalari, energiya manbalarini yaratadigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish samaradorligi bilan tanishildi.

Kompaniya rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida viloyatimizning muqobil energiya manbalari sohasidagi salohiyati, quyosh energetikasini rivojlantirish, shu jumladan quyosh elektrstansiyalarini bunyod etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Muloqot yakunida quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi. 

Eslatib o‘tamiz, viloyat delegatsiyasining Sichuan provinsiyasiga safari davomida hozircha Xitoyning 5 ta yirik sanoat korxonasi bilan 87 million dollarlik shartnomalar imzolandi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK