» » SURXONDARYO VILOYATI DELEGATSIYASI XITOYDA
Murojaat yo`llash

Xitoy O‘zbekistonning eng yirik iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlaridan biridir. Sichuan viloyati esa zamonaviy sanoatni rivojlantirish sur’ati bo‘yicha Xitoyda yetakchi o‘rinni egallaydi. Ushbu viloyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yib, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov boshchiligidagi delegatsiya Chendu shahriga jo‘nab ketgandi.


Safarning birinchi kuni viloyatimiz hokimi Sichuan viloyati gubernatori In Li hamda Chendu shahri meri Lo Syan bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida hududlararo savdo-iqtisodiy va sayyohlik sohasidagi  munosabatlarni yanada kengaytirish, ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolash masalalari kelishib olindi.

Bugun esa viloyat delegatsiyasi hamda Sichuan ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu forumda viloyatimizning iqtisodiy va eksport salohiyati, investitsiyaviy muhit, sarmoya jalb etish bo‘yicha puxta va ishonchli strategiyasi, qulay jo‘g‘rofiy joylashuvi haqida ma’lumotlar berildi.

O‘z navbatida xitoylik ishbilarmonlar Surxondaryoda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar hamda investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart sharoitlar va imtiyozlarni yuqori baholab, o‘zaro manfaatli va istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishga katta qiziqish bildirishdi.

Forum yakunida sanoat va qurilish mahsulotlari, energiya tejovchi texnologiyalar, elektronika, tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator investitsiyaviy shartnomalar imzolandi.


Joriy yilning 3 avgustiga qadar davom etadigan safar davomida Sichuan viloyatidagi yirik sanoat korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.

Maqola muallifi:
010719977
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK