» » BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI
Murojaat yo`llash

Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning  kichik biznes va xususiy tadbirkorlik  bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida  Termiz shahridagi Bobur nomli istirohat bog‘ida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.

“Yoshlar - kelajagimiz” shiori ostida viloyat hokimligi, prokuraturasi,ichki ishlar boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda boshqa aloqador tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Termiz shahri va tumanlarda joylashgan 1900 dan ziyod  korxona va tashkilot o‘zlaridagi  6100 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 

Viloyatimizning barcha hududlaridan 800 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan ushbu tadbirda bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat qonunchiligi, ijtimoiy muhofaza, tadbirkorlikka yo‘naltirilgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari T.Bobolov, viloyat prokurori O‘.Saidov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK