Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini oshirish, odamlarni bugungi kunidan rozi qilishda davlat boshqaruvi idoralarining xalq ichiga kirib borishi, barcha darajadagi mutasaddilarning aholi dardini eshitishi, quvonchu tashvishiga sherik bo‘lishi g‘oyat muhim sanaladi.

Shundan kelib chiqqan holda, aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lish, uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida bugun Uzun tumanining olis Bobotog‘ hududida joylashgan “Oqmachit” qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda 13 ming 800 nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan hududdagi “Oqmachit”, “Tolto‘g‘ay”, “Bobotog‘” va “Yangi obod” mahallalari aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi. Fuqarolarning murojaatlari, masalalarini ko‘rib chiqish va hal etish uchun viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar hamda 100 dan ziyod idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.

Muloqot jarayonida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kredit mablag‘lari ajratish, gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ta’lim va tibbiyot singari dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi. 

Fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar qo‘yildi hamda viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.


Maqola muallifi:
010719977
-1
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK