» » QIZIRIQ TUMANIGA YANGI HOKIM TAYINLANDI
Murojaat yo`llash

Qiziriqda Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Norqobilov Alisher Mingqobilovich Qiziriq tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi.

Shu kunga qadar viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muhammadiyev Olim Boboqulovich Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlandi.


Sessiyada so‘zga chiqqanlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish yo‘lida hamjihatlik bilan mehnat qilib, ko‘zlangan marralarga erishish zarurligini alohida ta’kidladilar.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK