» » VILOYAT HOKIMI O‘RINBOSARI LAVOZIMIGA YANGI TAYINLOV
Murojaat yo`llash

Bugun viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi. Ushbu vazifada ishlab kelayotgan Muhammadiyev Olim Boboqulovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Axunov Ulug‘bek Abdumutalovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.


Maqola muallifi:
010719977
+1
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK