» » SURXONDARYO BAXSHI-SHOIR, OQIN VA JIROVLARNI IJODIY BELLASHUVGA CHORLAYDI
Murojaat yo`llash

Joriy yilning 28-29 iyul kunlari Oltinsoy tumanining so‘lim Vaxshivor qishlog‘ida Surxondaryo viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida “Baxshi-shoir, oqin va jirovlarning” Respublika festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalni o‘tkazishdan maqsad xalqimizning nomoddiy meroslaridan bo‘lgan baxshichilik va dostonchilik san’ati ijrochiligini rivojlantirish, yurtimizning munosib vorislari bo‘lgan yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat olib borayotgan baxshi-shoirlar, oqinlar, jirovlar va xalfalarning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishish, shuningdek baxshichilik san’atini keng targ‘ib etishdan iboratdir.Festivalda Shoberdi Boltayev, Abdunazar Poyonov singari 30 dan ortiq surxondaryolik, shuningdek, respublikamizning turli viloyatlaridan taklif etilgan mohir baxshi-shoir, oqin va jirovlar kuylanayotgan asarlarning janr xususiyati, matn va ohang uyg‘unligi, ijro mahorati va sahnada o‘zini tutish madaniyati, so‘z o‘yinlari, maqol va xalq iboralaridan unumli foydalanish, improvizatsiya qobiliyati kabi mezonlar bo‘yicha ijodiy bellashadilar.Bellashuvda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan ishtirokchilar hamkor tashkilotlarning diplom va faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.Siz ham ushbu festivalga tashrif buyuring, undan oladigan taassurotlaringiz arzirli va ko‘ngilga xush yoquvchi bo‘lajak!
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK