» » XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMO, YECHIM VA SAMARA
Murojaat yo`llash

Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishini o‘rganish, aholi turmush tarzi bilan yaqindan tanishish va ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash maqsadida Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Sherobod tumanlarida faoliyat olib borgan “Jamoatchilik nazorati” guruhlari Qiziriq tumanida ish boshladi.

Shu munosabat bilan tumanda o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishda viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov o‘rganish jarayonida aholi tomonidan qo‘yiladigan masalalar, aniqlanadigan muammo va kamchiliklarga alohida e’tibor qaratib, ularni hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan “Jamoatchilik nazorati” guruhlari a’zolari, sektorlar rahbarlari hamda viloyat, tuman korxona va tashkilotlari mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

- Ishlash prinsipingizni oddiy odamlarning talab va istaklari asosida tashkil etsangizgina, odamlar hayotidan, davlat va jamiyatdan rozi bo‘ladi. Oldimizga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarimizga xalqning dardu tashvishlari bilan yashash, uning manfaatlarini ta’minlash orqaligina erishishimiz mumkin, - dedi viloyatimiz hokimi yig‘ilishda.

Shu tariqa, viloyatdagi jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat 4 ta “Jamoatchilik nazorati” guruhi 10 kun davomida tumanning 49 ta mahallasidagi har bir xonadonga birma-bir kirib, aholining muammolari, taklif va shikoyatlarini tinglashga, ijtimoiy soha ob’ektlarida bo‘lib, ularning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganishga kirishdilar.

Sektor rahbarlari hamda tegishli idoralar o‘rganish jarayonida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar, aniqlangan muammo va kamchiliklarning tezkor va samarali yechimini topish choralarini ko‘rib boradi. Bu esa odamlarning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlab, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Maqola muallifi:
010719977
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK