» » SHEROBOD SEMENT ZAVODI DASTLABKI MAHSULOTINI ISHLAB CHIQARDI
Murojaat yo`llash

Sherobod tumanining “Vandob” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barpo etilayotgan sement zavodi vohamizda qurilish sanoatini zamon talablari darajasida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Kecha ushbu sanoat korxonasida bo‘lib, jadal sur’atlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdik. Bosh pudratchi Turkiyaning “Dal Teknik” kompaniyasi vakillari Ali Abatay va Erkan Durak bilan bo‘lgan muloqotda ta’kidlanganidek, loyiha qiymati 212,8 million dollar bo‘lgan ushbu sanoat korxonasida yiliga 1,5 million tonna portlandsement ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Korxona ishga tushgach, bu yerda mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi. Mahsulotning asosiy qismi ichki talabni qondirishga yo‘naltiriladi.

Quvonarlisi, kuni kecha zavod dastlabki mahsulotini ishlab chiqardi. Muloqot chog‘ida “Dal Teknik” kompaniyasi vakillari zavod tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu portlandsement namunasini taqdim etishdi. Muloqot yakunida qurilish-montaj ishlarini yanada jadallashtirish, sifati hamda Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik bayramiga tuhfa sifatida foydalanishga topshirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK