» » KUN TARTIBIDA: XUSUSIY BOG‘CHALAR QURILISHINING BORISHI
Murojaat yo`llash

Joriy yilda viloyatimizda davlat-xususiy sheriklik asosida 242 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasini ochish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kungacha Termiz shahri va Qumqo‘rg‘on tumanida bittadan shunday xususiy bog‘chalar ish boshladi, qolganlarida esa tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan qurilish ishlari olib borilayapti.

  Viloyat hokimligida ushbu tashabbuskor tadbirkorlar hamda davlat-xususiy sheriklik asosida ishlash uchun bitimlar tuzish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishining borishi muhokama etildi. Unda xususiy sheriklar bolalar bog‘chasi barpo etish uchun biriktirilgan bino yoki yer uchastkasi, kredit mablag‘larini ajratish va o‘zlarini o‘ylantirayotgan boshqa qator masalalar yuzasidan viloyat hokimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qildilar.

  

Muloqot davomida ko‘tarilgan muammo va takliflarning asosiy qismi shu yerda hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi, ijrosi nazoratga olindi. 

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida ishlash uchun bitimlar tuzish istagida bo‘lgan tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xususiy bolalar bog‘chalari ochish uchun berilgan imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.

Maqola muallifi:
010719977
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK