» » CHEKKA QISHLOQ AHOLISI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Murojaat yo`llash

Sariosiyo tumanidagi tog‘li Sangardak qishlog‘i viloyat markazidan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan. Viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov ushbu chekka qishloq aholisining turmush sharoitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida bu yerga tashrif buyurdi.

Qishloq aholisi bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida ularni o‘ylantirayotgan muammolar tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Fuqarolarning murojaatiga ko‘ra, qishloqdagi ta’mirtalab jome masjidi holati bilan tanishildi, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida yangi masjid binosini qurish  bilan bog‘liq vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumki, ushbu qishloqda joylashgan,  yilning to‘rt faslida ham o‘ziga xos fusunkor qiyofaga ega Sangardak sharsharasi bugungi kunda ekoturizmning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Tashrif davomida viloyatimiz hokimi ushbu maskanda ham bo‘lib, bu yerda mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar ko‘ngilli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy servis xizmatlari bilan tanishdi. Hudud qiyofasini yanada yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+1
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK