» » KICHIK TURIZM ZONALARI
Murojaat yo`llash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi “Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 324-sonli qarorlari tasdiqlangandan so‘ng viloyatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini ko‘paytirish va ularning viloyatimizdagi sayohat kunlarini uzaytirish maqsadida viloyatimizning tog‘li hududlarida “kichik turizm zonalari”ni tashkil qilish vazifasi belgilab qo‘yildi.
Shundan so‘ng, viloyatimizning tog‘li hududlaridan Boysun tumanining Omonxona qishlog‘i, Zovboshi tog‘li hududi, Darband qishlog‘i hududlarini o‘z ichiga olgan – Boysun kichik turizm zonasi;Sariosiyo va Uzun tumanlarida Xonjiza tog‘ tizmalari yon bag‘rilarida hamda Sariosiyo tumani Sangardak qishlog‘i hududlarida – Sariosiyo kichik turizm zonasini;Sherobod tumani Shalqon qishlog‘i, Xo‘jaikon tuz g‘ori hududlarida hamda mevali bog‘larni o‘z ichiga olgan – Sherobod kichik turizm zonasini tashkil etish hamda ularda zamonaviy mehmonxona majmualarini, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa ob’ektlar qurish, shuningdek zamonaviy muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarini tashkil etish belgilandi.
Hozirgi kunda mazkur qarordan kelib chiqib, Boysun, Sariosiyo va Sherobod tumanlarida kichik turizm zonalarini tashkil etish uchun dastlabki qadamlar quyildi.Jumladan, joriy yilning 6-8 may kunlari Turkiya Respublikasining “IdeaLIST” shaharsozlik ko‘chmas mulk investitsion hamkorlik kompaniyasi raxbari Nevzat Utkan Ilijali va ushbu kompaniya arxitektori Ibrahim Chelepo‘ven viloyatimizga tashrif buyurib yuqorida qayd etilgan hududlarni o‘rganib o‘zlarining takliflarini bildirdi.
Hozirgi kunda kichik turizm zonalarining bosh rejalarini ishlab chiqish hamda qurilish ishlarini loyihalashtirish bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. Kichik turizm zonalarining tashkil etilishi Surxondaryo viloyatida ekoturizmni rivojlanishiga o‘zining katta xissasini qo‘shadi va viloyatimizga tashrif buyurayotgan nafaqat mahalliy balki qo‘shni va boshqa xorijiy davlatlardan tashrif buyurayotgan sayyohlarni qo‘shimcha yana3-4 kunga viloyatimizda olib qolish imkoniyatini beradi.
Bu esa viloyatimizda turizm sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatini oshirishga olib keladi. Turizm sohasidan keladigan daromadlar dunyo bo‘yicha 4  o‘rinda turishini e’tiborga oladigan bo‘lsa “kichik turizm zonasi” ishga tushishi natijasida viloyatimizning iqtisodiy ko‘rsatkichlari sezilarli darajada ortishi kutilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlar qo'mitasi
Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi
Maqola muallifi:
010719977
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK