» » ISTIQBOLLI LOYIHALAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
Murojaat yo`llash

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov Avstriyaning “Parsalpine Gmbh” kompaniyasi rahbari Ahmad Ramzaniyni qabul qildi.

Hozirda “Parsalpine Gmbh” kompaniyasi Muzrabot tumanida qiymati 35 mln. dollarga teng bo‘lgan yuqori sifatli ketchup ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda.

Uchrashuv chog‘ida ushbu istiqbolli loyiha asosida olib kelingan 6 ming tonnalik muzlatgich jihozlari imkoniyatlari, zavod va muzlatgich binolari qurilishining borishi, 1 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona faoliyati haqida so‘z yuritildi.


Shuningdek, kompaniya bilan imzolangan memorandumga muvofiq, tumanda qo‘shimcha yana umumiy qiymati 15 mln. dollarga teng bo‘lgan tayyor tekstil mahsulotlari hamda ohakdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar atroflicha muhokama etildi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK