» » Viloyat hokimi Milliy gvardiya harbiy qismida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Murojaat yo`llash

Xabaringiz bor, qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, aholini turli terrorchilik xatarlaridan, jinoiy va boshqa noqonuniy hatti-harakatlardan himoya qilishda muhim bo‘g‘inga aylandi.

Bugun viloyatimiz hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Bahodir Po‘latov harbiy qo‘shin faoliyatining samaradorligini oshirish, o‘z Vataniga sadoqatli, yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Milliy gvardiyaning viloyatdagi harbiy qismiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida viloyatimiz hokimi harbiy qism infrastrukturasi, shaxsiy tarkibning kundalik faoliyati, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Harbiy qismda joylashgan binolarni kapital ta’mirlash, harbiy-ma’muriy sektori faoliyatini samarali tashkil etish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash bilan bog‘liq vazifalarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK