» » BUNYODKORLIK ISHLARIMIZ XALQIMIZ MANFAATLARIGA XIZMAT QILSIN
Murojaat yo`llash

Bugun viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov Termiz shahrida olib borilayotgan keng miqyosdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Xususan, ehtiyojmand oilalarning uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Sulton Saodat ko‘chasida bunyod etilayotgan 10 ta yetti qavatli arzon uy-joylar, ularning atrofidagi ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va mahalla markazi qurilishi, shuningdek, shaharning turli hududlarida milliy gvardiya bo‘linmasi, ichki ishlar va harbiy qismlar, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamda madaniyat va san’at fidoyilari uchun barpo qilinayotgan ko‘pqavatli yangi uy-joylar qurilishi bilan qiziqdi.

Tanishuv asnosida ushbu ob’ektlarni barpo etishdan maqsad xalqimiz turmush farovonligini oshirish, aholiga savdo va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat ekanligi ta’kidlanib, ularni zamonaviy arxitektura asosida qurish, atrofini obodonlashtirish, odamlarga qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, viloyatimiz hokimi Termiz shahrida yangi barpo etilgan San’at saroyi va amfiteatrda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Milliy va zamonaviy me’morchilik uyg‘unligida bunyod etilayotgan yangi jome masjidi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda tug‘ruqxona majmuasi yangi binolari qurilishi, hayvonot bog‘ida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan ham tanishib, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, shahar qiyofasini yanada yaxshilash, aholining dam olishi uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratish, yo‘l bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK