» » MAQSADIMIZ - SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH VA ADOLAT MEZONLARIGA AMAL QILISH
Murojaat yo`llash

Xabaringiz bor, oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bu yil yangicha tartibda o‘tkaziladi. Ushbu jarayonda uning adolatli, xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash auditoriya nazoratchilari zimmasiga har qachongidan katta mas’uliyat yuklamoqda.

Bugun viloyat hokimining o‘rinbosari Ro‘zimurod Choriyev, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari hamda test sinovlarini o‘tkazish davrida nazoratchi sifatida jalb etilgan xalq ta’limi tizimi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqda so‘z yuritildi.

Unda so‘zga chiqqanlar bu yil auditoriya nazoratchilari ham videokameralar orqali kuzatib borilishi, qoidani buzayotgan abituriyentga e’tiborsiz bo‘lsa, ularga nisbatan ham chora ko‘rilishi, ushbu jarayonda nazoratchilar tomonidan sog‘lom raqobat muhitining ta’minlanishi oliy ta’lim muassasalariga o‘qish uchun bilimli, iqtidorli va munosib nomzodlarni tanlab olishga zamin yaratishini ta’kidlashdi.


Yig‘ilish so‘ngida test sinovlari nazoratini sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berildi. Ushbu mas’uliyatli jarayonda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ulardan kafolat xatlari olindi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK