» » Viloyat hokimi “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi hamda “KarvonSaroy” mehmonxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Murojaat yo`llash

Termiz shahrida tashkil etilgan “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari bilan qo‘shni davlatlar ishbilarmonlar doirasining hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda o‘ziga xos do‘stlik ko‘prigi vazifasini o‘tamoqda.

Bugun viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov xorijlik  tadbirkorlar uchun bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishish maqsadida ushbu zamonaviy markaz hamda uning negizida tashkil qilingan “KarvonSaroy” mehmonxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif asnosida markazdagi bojxona terminali binosi, mahsulotlarni saqlash omborxonalari, shuningdek, sharqona va zamonaviy me’morlik an’analarini o‘zida mujassam etgan to‘rt yulduzli mehmonxona faoliyati bilan tanishildi. 

“Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi xorijlik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlash, tijorat ishlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta’kidlanib, markazdagi logistika, mehmonxonadagi servis xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Maqola muallifi:
010719977
+3
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK