» » MAS’ULIYATLI JARAYONGA TAYYORGARLIK QIZG‘IN
Murojaat yo`llash

Bugun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha joriy yilning 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik ishlarining borishiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov hamda aloqador korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.


Ta’kidlanganidek, test sinovlari belgilangan kunlarda Termiz olimpiya zahiralari kolleji, “Surxon” sport majmuasi hamda viloyat ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining katta sig‘imdagi binolarida ikki smenada o‘tkaziladi.

Yig‘ilishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan bino va ularning hududlarini jihozlash, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulay shart-sharoitlar yaratish, test jarayonining oshkora va shaffofligini ta’minlash, uni videokuzatuvlar orqali onlayn tizimda jamoatchilikka, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalariga ko‘rsatib borish, jarayonning nazoratini amalga oshiruvchi mas’ul shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va boshqa qator tashkiliy masalalar atroflicha tahlil qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+1
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK