» » VILOYAT HOKIMI NOGIRONLIGI BO‘LGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
Murojaat yo`llash

Mamlakatimizda yosh avlodni tarbiyalash borasidagi davlat siyosati mazmun-mohiyatini o‘zida ifoda etgan “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida his qilishi uchun huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy jihatdan zarur shart-sharoitlar yaratib berish ko‘zda tutilgan.

Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda kecha viloyatimiz hokimi Bahodir Po‘latov Sariosiyo tumanida bo‘lib, nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida imkoniyati cheklangan yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolari eshitilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi. Yigit-qizlarning bir qator taklif va tashabbuslari ham qo‘llab-quvvatlanib, ularni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.



Xususan, shu kunning o‘zida ularga 25 ta nogironlik aravachasi, 15 ta zamonaviy tikuv mashinkasi, 30 dan ziyod qo‘ltiqtayoqlar va eshitish moslamalari topshirildi. To‘kin dasturxon yozilib, konsert dasturi namoyish etildi.


Tashrif asnosida viloyatimiz hokimi tumandagi “Farhod” ayollar muruvvat uyida ham bo‘lib, bu yerda istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan ayollarning salomatligini mustahkamlash, hayot darajasini yuksaltirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Muassasadagi mavjud ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bemorlarga esdalik sovg‘alari ulashildi, dasturxon yozilib, osh tarqatildi. 


Shuningdek, tumanda o‘tkazilgan uchrashuvlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari hamda kitob yarmarkalari, yosh tadbirkor, fermer va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi, taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida gala konsert ham bo‘lib o‘tdi.


Bir so‘z bilan aytganda, viloyatimiz yoshlari ulkan ijodiy, intellektual, ijtimoiy-siyosiy salohiyatga ega. Bugun ularni qo‘llab-quvvatlab, kuch va salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida safarbar etish eng muhim vazifalarimizdan biridir.

Maqola muallifi:
010719977
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK