» » SURXONDARYODA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI EKSPORTI YANADA OSHADI
Murojaat yo`llash

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti ko‘lamini yanada kengaytirish, shu orqali aholi daromadlarini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lishib, rossiyalik sheriklar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida qator kelishuvlarga erishishmoqda.


Xususan, kecha delegatsiya a’zolari Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatorining birinchi o‘rinbosari Sergey Ponomarenko bilan bilan uchrashib, hududlararo savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish, viloyatimizda yetishtirilayotgan 2,5 million tonnadan ortiq sarxil meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolash masalalarini kelishib oldilar.


Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK