» » Surxondaryo viloyatida “Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
Murojaat yo`llash
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa hamkorlar tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirning viloyatdagi saralash bosqichida 40 mingga yaqin yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda. Yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan tanlovni ishtirokchilar uchun eng qulay va zamonaviy binolarda o‘tkazishga alohida e’tibor berilmoqda.
Tanlovning Termiz shahar saralash bosqichi barcha zamonaviy sharoitlarga ega Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etildi. 12 iyul kuni 20-30 yoshdagi ishtirokchilar tanlovning saralash bosqichida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. 13 iyul kuni 15-19 yoshli kitobxon o‘g‘il-qizlar saralandi. Bugun esa 10-14 yoshdagi yosh kitobxonlar o‘z bilimini dastlabki sinovdan o‘tkazayotir.Tanlovning Termiz shahar saralash bosqichida 4 mingga yaqin yoshlar ishtirok etadi.
Maqola muallifi:
010719977
+2
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK