» » Bahodir Po‘latov Surxondaryo viloyatiga yangi hokim etib tayinlandi
Murojaat yo`llash
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi. 
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligi munosabati bilan, Surxondaryo viloyati hokimi vazifasidan ozod qilindi. Shu kunga qadar Toshkent viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Bahodir Baxtiyorovich Po‘latov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
Sessiyada so‘zga chiqqanlar voha ahli yangi rahbar atrofida jipslashib, keyingi yillarda qo‘lga kiritilgan yutuq va natijalarni yanada yuksaltirish, 
barcha soha va tarmoqlar bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni izchil amalga oshirish yo‘lida astoyidil mehnat qilishlarini ta’kidlashdi.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+14
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK