» » Aholi sog‘ligini ishonchli muhofaza qilish yo‘lida
Murojaat yo`llash
Jamiyatning bebaho boyligi bo‘lgan inson salomatligini mustahkamlash, yurtimizda tibbiy xizmat sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalar hamisha davlatimiz rahbarining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev viloyatlarga safarlari paytida ijtimoiy ahamiyatga molik turli ob’ektlar qatori qishloq vrachlik punktlari, ko‘p tarmoqli klinikalarda bo‘lib, shifokorlar va bemorlar bilan bevosita muloqot qilib kelayotgani bu borada ko‘plab masalalarni joylarda samarali hal etish imkonini bermoqda.
Sog‘liqni saqlash masalasi har bir odamning kundalik hayotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxldor bo‘lib, bu boradagi muammolar aholining salomatligiga, oxir-oqibatda jamiyatimizning ijtimoiy kayfiyatiga, xalqning davlatga, hukumatga bo‘lgan ishonchiga, hech shubhasiz, eng kuchli ta’sir ko‘rsatadigan sohadir. Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan hokim va sog‘liqni saqlash hodimlari uchrashuvida tumanda tibbiyot sohasida jiddiy muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi keskin tanqid qilinib, o‘z yechimini kutayotgan qator masalalar atroflicha tahlil qilindi. Uchrashuv davomida aholi salomatligini muhofaza qilishni tubdan yaxshilash, tibbiyot xodimlarining malakasi va shaxsiy mas’uliyatini oshirish, xalqimizni tibbiyot tizimi faoliyatidan rozi qilish, o‘z navbatida, aholining mazkur xizmatdan foydalanish borasidagi madaniyatini yuksaltirish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilandi. Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Yuklatilgan vazifalarni bajarish va boshqaruvda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Muhammadi Yuldashev egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Uchrashuvda tibbiyot sohasidek muhim, hal qiluvchi masalani yechmasdan turib, boshqa soha va tarmoqlarda olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati haqida gapirish umuman mumkin emasligi ta’kidlandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+8
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK