» » Vaxshivorda yoshlar uchun gala konsert tashkil etildi
Murojaat yo`llash
Ayni saraton chillasida tog‘ bag‘rini ixtiyor etsangiz, tabiatimizga xos bo‘lgan ajoyibotlarga, beqiyos go‘zalliklarga guvoh bo‘lasiz. Bulbullarning xonishi, tog‘ daralari bo‘ylab esayotgan o‘ynoqi epkinlar tanga rohat, kishi ruhiyatiga ajib bir farog‘at bag‘ishlaydi. “Vaxshivor” oromgohi shunday so‘lim tog‘ etagida joylashgan yoshlarning sevimli maskani. Oromgohda yozgi ta’tilda dam olayotgan yoshlar va “Vaxshivor” hududidagi mahallalar yoshlari uchun viloyat hokimligi tashabbusi bilan gala konsert tashkil etildi.
Ochiq osmon ostida o‘tkazilgan gala konsertda respublikadan tashrif buyurgan san’atkorlar Adxam Soliev, Gulasal Abdullaeva, Nargiz, Abdumannop Rahimov va viloyatning taniqli xonandalari chiqishlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Gala konsertda 3000 dan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK