» » Sifatli ta’lim-tarbiyaga erishish yo‘lida
Murojaat yo`llash
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Oltinsoy tumanidagi bolalar musiqa va san’ati maktabi faollar zalida o‘tkazilgan yig‘ilish tumandagi maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, o‘tgan o‘quv yilida erishgan yutuq va kamchiliklar tahliliga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar bor bo‘y bastiga tahliliy ma’lumotlar va video lavhalar asosida mutasaddilarga ko‘rsatib berildi. Yuklatilgan vazifalarni bajarishda, sifatli ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda, davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida zaruriy ta’mirlash-tiklash ishlarini belgilangan muddatlarda tashkil etishda mas’uliyatsizlik, e’tiborsizlik bilan yondashganligi uchun tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi sho‘ba rahbari Z.Qulmuratova, 2-MTM mudirasi R.Mengto‘raeva, 5-MTM mudirasi T.Muhammadieva, 11-MTM mudirasi B.Mamanazarova, 7-maktab direktori B.Abramatov, 45-maktab direktori Sh.Meliqulov va 54-maktab direktori M.Abdullaevlarning egallab turgan lavozimlariga loyiqligi masalasi tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqilishi belgilandi. Mutasaddi rahbarlarga aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etishga va viloyat hokimligi tomonidan ijrosi qat’iy nazorat ostida olib borilishiga ko‘rsatma berildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK