» » Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatining asosi
Murojaat yo`llash
Oltinsoy tumanida bir oyga yaqin muddat ichida “Jamoatchilik nazorati” guruhlari faoliyat olib borishdi. Guruh a’zolari deyarli barcha mahallalarga tashrif buyurib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar qayd qilinib, ijroga yo‘naltirildi. Ijrosi nazoratga olinib, haftalik tanqidiy tahlil amalga oshirilib kelindi.
Oltinsoy tumanidagi madaniyat uyi faollar zalida o‘tkazilgan yig‘ilish ham aynan “Jamoatchilik nazorati” guruhlari tomonidan mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish maqsadida uyma-uy yurib, xalq bilan manzilli muloqotlar olib borish natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda aholi, ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash, uy-joy kommunal va yo‘l xo‘jaligi, energiya, suv ta’minoti, hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy turmush tarzidagi mavjud aniqlangan kamchilik va muammolar bartaraf etilganligi yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Yuklatilgan vazifalarni bajarishda sovuqqonlikka, sansolarlikka yo‘l qo‘yganligi uchun tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Qarshiev, tuman hokimining investitsiya va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Oripovlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, fuqarolar murojaati bilan ishlashda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yganligi, soxta, yolg‘on ma’lumotlar bilan murojaat ijrosini nazoratdan chiqarishga harakat qilganligi uchun tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari B.Nuriddinov, mintaqaviy yo‘llardan foydalanish korxonasi boshlig‘i O‘.Mahmudov, “Bo‘ston” mahallasi raisi A.Mengqobilov, Mingchinor mahallasi raisi B.Botirov, Qorliq mahallasi kotibi I.Abdurashidov, Qumpaykal mahallasi kotibi M.Tursunov, va Qiziltepa mahallasi posbonlar sardori A.Omonovlarga nisbatan tegishliligi bo‘yicha ma’muriy va intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK