» » Termiz shahrida chiqindilarni yig’ish va saralash bio shaxobchasi foydalanishga topshirildi
Murojaat yo`llash
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, hududlarning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash sohasida izchil siyosat amalga oshirilmoqda. Xususan, qisqa muddatda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tizimining infratuzilmasini takomillashtirish, maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlarini tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar sanitariya va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qulay shart-sharoitlar yaratib bermoqda.
Termiz shahrining Jayhun mahallasida Biotexnoeko MChJ tomonidan chiqindilarni yig’ish va saralash bio shaxobchasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur bio shaxobcha Termiz shahridagi 970 ta oila, 2300 nafar aholi, 12 dona umumiy ovqatlanish maskanlari va 21 dona maishiy xizmat nuqtalariga xizmat ko’rsatadi.
Tadbirda so’z olganlar mazkur shaxobcha shahar, ayniqsa ko’p qavatli uylar atrofida maishiy chiqindilar bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish, aholining sifatli sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari bilan ta’minlanganligi darajasini oshirishiga xizmat qilishini ta’kidlab o’tishdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK