» » Vaxshivorda "Hokim va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi
Murojaat yo`llash
Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni esa bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan eng muhim hujjat bo‘ldi.
Yoshlarda mazkur farmon mazmun va mohiyatini tushuntirib berish, yoshlarda mavjud muammo, kamchiliklar va yutuqlar tanqidiy tahlil qilish orqali yechimini qilish maqsadida Oltinsoy iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji faollar zalida “Vaxshivor hududidagi” mahallalar yoshlari bilan hokim uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan 45 ta masala yuzasidan murojaatlar bildirildi hamda ushbu murojaatlar yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmon mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirib borish hamda yoshlarda mavjud taklif va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar viloyatimiz bo‘ylab davom ettirilmoqda.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+13
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK