» » Vaxshivor: Muloqot - kelajak uchun najot
Murojaat yo`llash
Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarning cheki chegarasi yo‘q, degan iborani bir kunda kamida uch-to‘rt marotaba eshitamiz. Albatta buning amaldagi isbotini muhtaram yurtboshimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarda ham bevosita kuzatmoqdamiz.
Oltinsoy tumanining Vaxshivor hududi yoshlari bilan tabiat bag‘rida viloyat hokimligi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati samimiy suhbatlar, fikr-mulohazalarga boy tarzda o‘tdi. Yoshlar viloyat hokimiga bir qator aniq taklif va tashabbuslarini bayon etishdi. Bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, aholiga 2 ta kutubxona tashkil etish, yoshlarga imtiyozli bank kreditlarini ajratish orqali, chorvachilik, parrandachilik va boshqa bir qator sanoat sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat boshlashi uchun ko‘mak berish belgilandi. Davra suhbatida yoshlar tomonidan 47 ta taklif va mulohazalar bildirilib, qo‘llab-quvvatlanishi va ijrosi viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi. Shuningdek, Vaxshivorlik yoshlar uchun viloyat hamda respublikamizdagi tajribali tadbirkorlar va yirik sanoat korxonalariga biznes tur – sayohat uyushtirish rejalashtirildi.
Davra suhbatida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmon mazmun-mohiyatini yoshlarga atroflicha tushuntirilib, yoshlar tadbirkorligini kompleks rivojlantirish va ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish bo‘yicha muhim vazifalar soha vakillariga belgilab berildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.


Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+11
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK