» » O‘zbekiston san’at arbobi Mansur Ravshanov 80 yoshda
Murojaat yo`llash
Qadimdan teatr hayot maktabi sifatida e’tirof etilgan. U tomoshabin ma’naviyatini mustahkamlaydi, o‘tmish va bugun, azaliy qadriyatlar haqida so‘zlaydi, kishini tarbiyalaydi. Har tomonlama mukammal sahna asarlarining yuzaga kelishi zamirida izlanuvchan, yuksak bilim va iqtidorga ega dramaturg, rejissyor hamda aktyorlarning mehnati yotadi. 
M.Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqali drama teatri bosh rejissyori, O‘zbekiston san’at arbobi Mansur Ravshanov umrini tomoshabin kutgan, avlodlarga ibrat bo‘ladigan ana shunday sahna asarlarining yaratilishiga, umuman, teatr san’ati rivojiga bag‘ishlab kelayotgan fidoyilardan.
Serqirra faoliyati davomida o‘zbek dramaturglari asarlari asosida sahnalashtirilgan ko‘plab spektakllari minglab teatr ixlosmandlari va tomoshabinlar qalbidan joy egallagan Mansur Ravshanov bugun qutlug‘ 80 yoshni qarshiladi.
Shu munosabat bilan taniqli rejissyorni tavallud kuni bilan muborakbod etish maqsadida u kishining xonadoniga tashrif buyurildi. Donishmandlik fasli – tabarruk yosh bilan qutlab, ijodkorning o‘zbek teatr rejissyorligi rivoji yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari e’tirof etildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+10
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK