» » Fuqarolik pasportlari o’z egalariga topshirildi
Murojaat yo`llash
Viloyat hokimligida O’zbekiston RespublikasiPrezidentining Farmoniga asosan Surxon vohasida uzoq yillardan beri yashab kelayotgan, fuqaroligi bo’lmagan Bollieva Gulnora Xamidovna va Bazarav Umarali Bektashevichlarga O’zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Marosim jarayonida O’zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda fuqarolikka qabul qilinganlarning oila a’zolari ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida fuqarolikka qabul qilingan vohadoshlarimiz Muhtaram Yurtboshimizning mana shunday g’amxo’rliklariga javoban o’zlarining samimiy minnatdorchiligini bildirib, Vatan ravnaqi yo’lida bor salohiyatlarini safarbar etishlarini ta’kidlashdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK