» » Sherobodlik 16 ta yosh oilaga “Yoshlar” uylarining kalitlari topshirildi
Murojaat yo`llash
Mamlakatimizda yoshlarga jumladan yosh oilalarga ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, jamiyatning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, sport, san’at, fan, madaniyat va boshqa sohalarda katta yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlarni rag’batlantirish maqsadida yosh oila vakillariga “Yoshlar” uylari tantanali ravishda topshirilib kelinmoqda. Viloyatimizda 30 iyun – “Yoshlar kuni”ga bag’ishlangan keng ko’lamli tadbirlar o’tkazilmoqda. Jumladan, Sherobod tumanida bo’lib o’tgan tadbir 16 ta Sherobodlik yosh oilalarning ijtimoiy hayotida muhim voqealardan biri bo’ldi. Tantanali marosimda turli sohalarda yutuqlarga erishgan 16 ta yosh oilalarga dastlabki to’lovlari to’langan holda barcha talablarga javob beradigan, barcha qulayliklarga ega bo’lgan 16 ta 2 va 3 xonali kvartiralar kalitlari egalariga topshirildi. Tashkil etilgan tadbirda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va ularning ota-onalari, keksa otaxon va onaxonlar, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat va tuman Kengashi faollari qatnashishdi. “Yoshlar kuni” doirasidagi tadbirlar viloyatimiz bo’ylab davom etmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK