» » Sherobodda yangi bozor faoliyatini boshladi
Murojaat yo`llash
Sherobod tumani markazidagi Do’stlik mahallasida tadbirkor Sherzod To’ranazarov tomonidan yangi qurilish mollari bozori qurilib, foydalanishga topshirildi. 1,8 gektardan ziyod maydonni egallagan savdo. majmuasini barpo etishda 12 milliard so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Milliy va zamonaviy me’morchilik uslubida barpo etilgan bozorning foydalanishga topshirilishi tuman iqtisodini rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bozorning 63 ta savdo rastasi mavjud. Bozorda avtomobil to’xtash joyi qurilgani sotuvchi va xaridorlarga yanada qulaylik yaratmoqda. Ayni paytda tumandagi dehqon va buyum bozorini zamonaviy savdo majmualariga aylantirish ishlari davom ettirilmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK