» » Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag’ishlangan bayram tadbirlari bo’lib o’tmoqda
Murojaat yo`llash
Mamlakatimizda inson manfaatlari yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda televidenie va radio, nashriyot va matbuot xodimlari alohida o’rin tutadi.

Termiz shahrining muhtasham “Yakkasaroy” tantanalar saroyida 27 iyun - matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bayram tadbirida tashkilot va idoralar, jamoat vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar va faxriy jurnalistlar ishtirok etishdi.

Sidqidildan qilingan mehnat, albatta, o’z e’tirofini topadi shu bois tadbirda milliy jurnalistika sohasini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan, mamlakat va jamiyat taraqqiyoti yo’lida fidoiy ijodiy faoliyat olib borayotgan bir guruh OAV xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorlig’i va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlar nomidan so’zga chiqqanlar milliy ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish, sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, jahon andozalari talablari darajasida faoliyat ko’rsatishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ijodkorlar mehnatini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish borasida doimiy e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatayotgani uchun muhtaram yurtboshimizga minnatdorlik bildirdilar.

Bayram tantanalari viloyatimiz bo’ylab davom etmoqda.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK