» » Xalq deputatlari Muzrabot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi
Murojaat yo`llash

Muzrabot tumanida xalq deputatlari tuman kengashining XXXXIII sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishida 26 nafar deputatlar, viloyat boshqarmalari, tuman tashkilot va korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi. 

Tanqid va tahlil ruhida o’tgan yig’ilishda tumanni barcha sohalarda yanada rivojlantirish, sanoat salohiyatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalari tahlil etildi. Tegishli viloyat va tuman idoralar rahbarlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir ko’rsatmalar berildi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi. Boshqa ishga o’tgani munosabati bilan Xolmurodov Jovli Norboevich tuman hokimi vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi etib Alimov Erkin Jo’raevich saylandi. 

Sessiyada so’zga chiqqanlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlari har tomonlama chuqur tahlil etilib, istiqboldagi dolzarb vazifalar aniq belgilab berilganini hamda bildirilgan fikrlardan tuman mutasaddilari to’g’ri xulosa chiqarib, islohotlar samarasini yanada yuksaltirish, barcha soha va tarmoqlar bo’yicha qabul qilingan dasturlarni izchil amalga oshirish uchun astoydil mehnat qilishlarini ta’kidlashdi.

Viloyat hokimligi matbuot xiamti
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK