» » O’zbekiston va Afg’oniston ishbilarmonlari Termizda uchrashishdi
Murojaat yo`llash

Joriy yilning mart oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan Afg’oniston bo’yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi ushbu mamlakatda tinchlik o’rnatish, barqaror rivojlanishini yangi bosqichga ko’tarish istiqbollarini belgilab berdi.

Viloyatimizda joylashgan Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida O’zbekiston Respublikasi va Afg’oniston Islom Respublikasi davlat idoralari hamda xususiy sektor vakillari o’rtasidagi muloqotning birinchi davrasi biznes-forum o’tkazildi.

Tadbirda O’zbekiston va Afg’oniston savdo-sanoat palatalari o’rtasida mamlakatimizda ishbilarmonlar kengashini tuzish bo’yicha memorandum imzolandi. Ikki mamlakat ishbilarmonlari ko’plab sohalar bo’yicha o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish yuzasidan manfaatli bitimlar tuzishdi.

Biznes-forumda O’zbekiston savdo-sanoat palatasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Afg’oniston Prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo’yicha maxsus vakili, Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi elchisi va boshqalar qatnashib, ikki qo’shni mamlakat o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanayotganini ta’kidlashdi.

Mehmonlar o’zbekistonlik tovar ishlab chiqaruvchilarning “Termiz kargo” eksport markazida tashkil etilgan ko’rgazma-yarmarkasi bilan tanishib, viloyatimizdagi tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+6
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK