» » Afg’onistonga insonparvarlik yordami yo’llandi
Murojaat yo`llash
Ob-havoning dehqonchilik uchun noqulay kelishi qishloq xo’jaligi mahsulotlari rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy qismi lalmi yerlarda yetishtiriladigan Afg’oniston Islom Respublikasida esa bu holat murakkab oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo’yicha byulletenida Afg’onistondagi 34 ta viloyatning uchdan bir qismi o’tgan yil oxiridan buyon qor va yomg’ir yo’qligi bois jiddiy zarar ko’rdi deb qayd etilgan. Buning natijasida millionlab afg’onistonliklar olti oydan so’ng ocharchilikka duchor bo’lishi mumkinligi, ocharchilikka barham berish hamda oilalarga yordam ajratish uchun kamida 115 million dollar zarurligi mazkur hujjatda o’z aksini topgan.
O’zbekiston hukumati birinchi bo’lib do’st Afg’oniston xalqiga insonparvarlik yordami tariqasida 3 ming tonnadan ortiq bug’doy, kiyim-kechak mahsulotlarini yetkazdi. Insonparvarlik yordamning taqdim etilishi 5 iyun kuni Hayratonda bo’lib o’tdi. Qo’shni mamlakatga O’zbekiston Prezidentining Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev rahbarligidagi delegatsiya bordi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+8
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK