» Vengriyaning Peshtin viloyati delegatsiyasi tashrif buyurdi
Murojaat yo`llash
Avvalroq xabar berganimizdek joriy yilning 13-18 may kunlari Markaziy Yevropaga safar qilib, Avstriya, Vengriya va Slovakiya davlatlaridagi yirik kompaniya va sarmoyadorlar bilan uchrashib, muzokaralar olib borgan edik. Mazkur muzokaralarning davomi sifatida bugun viloyat hokimligi binosida Vengriyaning Peshtin viloyati raisi Sabo Ishtvan (Szabo Istvan) boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi. Delegatsiya tarkibida viloyatimizga Dabash shahrining meri Sandxofer Yanosh (Szandhofer Janos), Sent Ishtvan universiteti prorektori Geyesh Loyosh (Helyes Lajos), Mirelite Mirsa ZRT kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Losho Yojef (Loso Jozsef), Peshtin viloyati meriyasi hududlarni rivojlantirish va rayosat devonxonasi rahbari Popovich Gabor (Popovics Gabor), elchi Piter Santo (Piter Santo) va maslahatchi Yanosh (Yanos)lar tashrif buyurishdi.

Olib borilgan muzokaralarda delegatsiya a’zolari tomonidan Surxondaryo viloyati eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga va ularning eksportini tashkil etishga qulay joylashganligi, viloyatda investitsiya kiritish uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligini, ikki viloyat o‘rtasida keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, xususan, san’at va madaniyat, qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat sanoati sohalarida samarali investitsion loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, viloyatimizda qishloq xo‘jaligi, xususan parrandachilik, baliqchilik sohasida keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish belgilab olindi.

Termiz davlat universiteti va Sent Ishtvan universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashinuvi, zaruriy sohalar bo‘yicha kadrlar qayta tayyorlash masalasi ham muzokarada muhokama etildi. San’at va madaniyat sohasidagi hamkorlikning dastlabki qadami sifatida har yili avgust oyida Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkaziladigan “Xalqlar madaniyati va san’ati” festivalida Surxondaryo folklor guruhlarining ishtirok etishini ta’minlash taklif qilindi. Delegatsiyaning viloyatimiz bo‘ylab safari davom etmoqda.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati






Maqola muallifi:
010719977
+12
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (1)
Улашев Фазлиддин Фарходович
#1 Улашев Фазлиддин Фарходович Sayt tashrifchisi 30 may 2018 18:58
Вилоятимизнинг равнақи учун олиб бораётган ишларингизга омад тилайман.

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK