» » Mehr va e’tibor namunasi
Murojaat yo`llash
Muhtaram Prezidentimizning g‘amxo‘rliklari bois, yurtimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta’minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga yuksak e’tibor qaratilib, ushbu masala mamlakatimizda eng ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanmoqda.
Bugun Termiz shahrida barcha sharoitlarga ega bo‘lgan, zamon talablari asosida jihozlangan 53 ta bir va ikki xonali kvartiralarning kalitlarini 46 nafar mehribonlik uyida voyaga yetgan va bugungi kunda uy-joysiz bo‘lgan oilalar, yosh yigit va qizlar hamda 7 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, mehribonlik uyida tarbiyalanib bugunda mustaqil hayot kechirayotgan fuqarolar, shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tantanali marosimda so‘z olganlar ushbu uy-joylar fuqarolarning eng muqaddas, eng qutlug‘ go‘shasiga aylanishini, bu yerda yashaydiganlar uchun barcha zarur sharoitlar muhayyo etilganligini ta’kidlab o‘tishdi. Shuningdek, bolalar maydonchasi, tandirxona va alohida mehmonxona bunyod etilganligi bu yerda yashovchilar uchun yaratilgan qo‘shimcha qulaylik ekanligini bildirishdi. Mazkur manzilda alohida binoda tikuvchilik sexi ham tashkil etilganligi, 12 nafar mehribonlik uyida tarbiyalanganlar bandligini ta’minlaydi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar yoshu keksa, barchani yurtimizda ro‘y berayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlarida yanada faol ishtirok etishga undaydi. Odamlarda bugunidan shukronalik, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini mustahkamlaydi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+15
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK