» » Sayyor qabul natija bermoqda
Murojaat yo`llash

Mamlakatimizda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish masalasida aniq mexanizm ishlab chiqilgan bo‘lib, uning tarkibida sayyor qabul faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Viloyat hokimligi va viloyat tashkilotlari rahbarlari tomonidan Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlari aholisi uchun Sho‘rchi tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

“Charog‘on” istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Sho‘rchi, Oltinsoy va Qumqo‘rg‘on tumanlarining 439 nafar fuqarolari murojaatlari ko‘rib chiqildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, murojaatlarning aksariyat qismini uy-joy masalasi, bolalarni nafaqa puli bilan ta’minlash, ishga joylashtirish kabi muammolar qamrab olgan. Qabul davomida ko‘tarilgan masalalar mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida o‘rganib chiqildi va aksariyati o‘z o‘rnida yechimini topdi. Muddat talab etiladigan murojaatlarni o‘rganib chiqish va qisqa muddatlarda qonun doirasida amaliy yordam berish bo‘yicha viloyat hokimligi bayonnomasi qabul qilindi. 

Sayyor qabulda Sho‘rchi, Oltinsoy va Qumqo‘rg‘on tumanlari aholisining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha ham qator takliflar bildirilib, mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Qabul jarayonida Sho‘rchi tumani hokimligi, mahalla fuqaro yig‘inlari faollari, ichimlik suvi, arxitektura va qurilish, yer resurslari va kadastr xizmatlari fuqarolar bilan ishlash faoliyati yaxshi tashkil etilmaganligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Ushbu soha rahbarlari Sayyor qabuldan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.





















Maqola muallifi:
010719977
+16
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK