» » Denovlik urush qatnashchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi
Murojaat yo`llash
Denov tumanida “Xotira va qadrlash kuni” bayrami arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Meridov Dosk, Xolmatov Yo‘ldosh, Ro‘ziqulov Ashur, Meliqulov Mardon, Muhammadiev Xudoyberdi va Berdiev Normurod bobolarga Prezident tabrigi, sovg‘asi, biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti va hokimliklar sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tadbir keng jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazildi. Urush va mehnat faxriylariga bayramona dasturxon yozildi. Ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.
Tashrif buyurgan yoshlar hamda faxriylar uchun qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shu bilan birga keksa avlod vakillari yoshlarga bosib o‘tgan hayot yo‘llari, turmush saboqlari hamda urush xotiralarini so‘zlab berishdi. Tadbirda so‘z olganlar mustaqillik, tinchlik bebaho ne’mat ekanligi, uni asrab-avaylash va ona Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashash har bir insonning muqaddas burchi ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.
Surxon vohasi bo‘ylab bayram tadbirlari davom etmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati.




























Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+10
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK