» » Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas
Murojaat yo`llash

Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam.

9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan viloyatimizdagi muassasalarda “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas”, “Mardlik, burch va sadoqat” shiorlari ostida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Termiz shahridagi 12-, 13- va Termiz tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham shu rukndagi tadbirlar tashkil etildi.

Vatan uchun jonini fido qilgan mard Surxon o‘g‘lonlari Farhod Abdullaev, G‘ulomjon Husanov va Turg‘un Jo‘raevlar porloq xotirasi uchun ular tahsil olgan muassasalarda byustlari o‘rnatildi. Tantanali ravishda ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar mard o‘g‘lonlarning el tinchligi va xotirjamligi yo‘lida ko‘rsatgan cheksiz jasorati, fidokorona xizmatlarini alohida e’tirof etib o‘tdilar. Vatan oldidagi o‘z yigitlik burchini to‘liq ado etgan, uning osoyishtaligi yo‘lida o‘z jonini ham ayamagan chinakam yurt o‘g‘lonlari xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashashini ta’kidladilar.

Viloyat hokimlgi matbuot xizmati.




































Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+8
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK