» » Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga prezident sovg‘alari topshirildi
Murojaat yo`llash

“Xotira va qadrlash kuni” bayrami arafasida viloyatimizning shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlariga yo‘qlov tadbirlari uyushtirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri bugun viloyatimizning Oltinsoy, Uzun va Sariosiyo tumanlarida o‘tkazildi. 

Keng jamoatchilikni jalb etgan holda 12 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlariga tashrif buyurildi. Faxriylarimiz Narzullaev Sodiq, Abdiraimov Xoliq, Normamatov Abdullo, Jumaev Qurbon, Sohibov Juraqul, Jabborov Bobosafar, Abdullaev G‘affor, Ismatov Haitbobo, Elmurodov Avazmurod, Babaev Nemat, Bozorov Sherali va Sariqov Asaloxun bobolarga muhtaram Prezidentimiz tomonidan yuborilgan tabrik so‘zi, sovg‘a, bir yo‘la to‘lanadigan mukofot puli va hokimliklarning qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bayram tantanalari viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.

































Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+11
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (1)
Matbuot xizmati
#1 Matbuot xizmati Tizim ma'muri 12 may 2018 20:47
Yashasin Erkin Oqbo'tayevich. Xalqni dardi bilan yashaydigan hokim!
Hayot davom etadi

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK