» » Sayyor qabul: aholi manfaatlari doimiy e’tiborda
Murojaat yo`llash

Termiz shahridagi Bobur bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni mas’ul xodimlari, viloyat hokimligi va viloyat Xalq qabulxonasi xodimlarining sayyor qabuli o‘tkazildi.


Hamkorlikda o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan 109 ta taklif va murojaatlar bildirildi. Ular asosan kommunal soha, uy-joy, ish bilan ta’minlash masalasi, tadbirkorlik uchun kredit olish bilan bog‘liq murojaatlar bo‘lib, aksariyati joyida hal etildi, qolganlari yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Davlat organlari rahbarlarining aholi bilan yuzma-yuz uchrashib, muloqot qilishi ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, hayotdan rozi bo‘lib yashashida muhim omil bo‘lmoqda.

Sayyor qabullar jarayonida murojaat qilayotgan ayrim fuqarolar o‘z haq-huquqini yaxshi bilmasligi ko‘rinib qolayotganini hisobga olib, muloqotlar davomida aholining huquqiy madaniyatini oshirishga ham e’tibor qaratilmoqda.

Sayyor qabullar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani fuqarolarga o‘z muammolari bilan bevosita davlat organlari rahbarlariga murojaat etish imkonini bermoqda. Muhimi, bunday tadbirlarda ko‘plab muammolar joyida hal etilayotir.

Mazkur hamkorlikdagi sayyor qabullarni viloyatning Sariosiyo, Denov, Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida ham o‘tkazilishi belgilangan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.






























Maqola muallifi:
010719977
+5
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK