» » Qadriyat-e’tibor va e’zoz ramzi
Murojaat yo`llash
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017 yil 14 iyuldagi qarori bilan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. O‘zbekiston faxriylari ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashining qarori bilan bir guruh iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.
Viloyat hokimligida taqdirlangan shaxslarga ko‘krak nishonlari va guvohnomalarni tantanali topshirish tadbiri o‘tkazildi. Tantanali marosimda 50 nafar Surxondaryolik nuroniy otaxonu onaxonlarga I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” nishonlari va guvohnomalari topshirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga munosib turmush sharoitini yaratish masalasiga hamisha katta e’tibor qaratib kelinayotganligini, ko‘rsatilayotgan e’zoz va ehtiromdan juda xursandliklarini hamda barcha ishlarga bosh bo‘lib, yurtimiz rivojlanishi uchun o‘z hissalarini qo‘shishlarini ta’kidlab o‘tishdi.
Keksa avlod vakillarini e’zozlash, ularning hayot yo‘li, bebaho umr saboqlaridan o‘rnak olish har birimizning ham qarzimiz, ham farzimizdir.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.











Maqola muallifi:
010719977
+9
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK