» » Mahallada endi kutubxona bor
Murojaat yo`llash
Muhtaram yurtboshimiz 19-20 yanvar kunlari viloyatimizga qilgan tashriflari davomida bolalarni kitobga oshno qilish, ularni o‘qishga muhabbat ruhida tarbiyalash, kitob mutolaasini ular orasida tashkil etish bugungi kunimizning eng muhim dolzarb vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tgan edilar.
Xuddi shu maqsadda bugun Muzrabot tumanining “Obi hayot” mahallasida xalq ta’limi faxriysi, nuroniylar vakili Qodirov Do‘stqobil To‘raboevichning uy kutubxonasi foydalanishga topshirildi.
Kitobxonlar uchun o‘z eshiklarini ochgan mazkur uy kutubxonasida bugungi kunda 10000 dan ortiq kitoblar, internet tarmog‘iga ulangan 15 ta kompyuter, taqdimot o‘tkazish vositalari va mutolaa uchun qiroatxonalar mavjud.
Kutubxonaning ochilish marosimida so‘z olganlar ushbu kutubxona zamonaviy axborot vositalari va internet tarmog‘iga ulanganligi, mazkur kutubxonadan mahalla faollari bilan bir qatorda tumandagi 7-maktab o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkinligi bilan alohida e’tiborga molikligini ta’kidlab o‘tishdi. Iste’dodli yosh ijodkorlar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur, o‘qilgan she’r va g‘azallar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati.



















Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK