» » Teatr – ma’naviyat o‘chog‘i
Murojaat yo`llash
Teatrni hayot maktabiga qiyoslaydilar. Bu ibora zamirida katta hikmat mujassam. Kundalik hayotimizda yuz berayotgan voqea-hodisalar, zamonamiz qahramonlari siymosini sahnada ko‘rishning zavqi bo‘lakcha. Shu bois, bugungi globallashuv jaryonida, axborot kommunikatsiyalari rivojlangan davrda ham teatrning o‘z o‘rni, tarbiyaviy ahamiyati bor.
27 mart - Xalqaro teatr kuni munosabati bilan viloyatimizda o‘tkazilgan bayram tadbirida ham ushbu jihatlar alohida e’tirof etildi. Tadbirda barcha teatr xodimlari va san’atimiz fidoyilari bayram munosabati bilan muborakbod etildi.
Shuningdek, o‘z iste’dodi va ijodi bilan xalqimiz xizmatiga kamarbasta bo‘lib kelayotgan bir guruh teatr xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shundan so‘ng, bir piyola choy ustida dildan suhbat qilinib, elimizning sevimli san’atkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.











Maqola muallifi:
010719977
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK